Yaponiya jangovar kemasi AQSh raketalari bilan qurollantiriladi

eʼlon qilindi
Yaponiya kemani yozgacha jangovar shay holga keltirmoqchi
Yaponiya kemasi AQSh raketalari bilan qurollantiriladi / Foto: Reuters

Yaponiya Aegis tizimiga ega JS Chokai harbiy kemasini Tomahawk raketalari bilan qurollantirish uchun AQShga yubordi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.

Kema bir yil davomida modernizatsiya qilinib, Tomahawk kreyser raketalari bilan jihozlanadi va ekipaj maxsus tayyorgarlikdan o‘tadi. Mazkur raketalar 1,6 ming km masofagacha uchish imkoniyatiga ega.

Tokio 2024-yilda AQSh bilan 400 dona Tomahawk xarid qilish bo‘yicha kelishuv imzolagan. Bu Yaponiya mudofaa xarajatlarini oshirish va mintaqadagi xavflarga qarshi choralar ko‘rish strategiyasining muhim qismi hisoblanadi. Mudofaa vaziri Gen Nakatani mamlakat Ikkinchi jahon urushidan keyingi «eng og‘ir va murakkab xavfsizlik sharoitida» ekanini ta’kidlagan.

Foto: Reuters

JS Chokai 528 fut uzunlikdagi, 9,5 ming tonnalik kema bo‘lib, unda 90 ta vertikal uchirish moslamasi mavjud. U nafaqat Tomahawk raketalarini, balki havo mudofaa, ballistik raketalarga qarshi va suv osti raketalarini ham uchira oladi.

Hozirda Tomahawk raketalari AQSh, Buyuk Britaniya va Avstraliya harbiy sanoatida qo‘llaniladi. Yaponiya esa kelasi yozga qadar JS Chokai kemasini to‘liq jangovar shay holatga keltirishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron prezidenti BMT Bosh Assambleyasida mamlakati hech qachon yadroviy bomba yaratmaganini va bunday niyatga ega emasligini bildirgan edi.

Shuningdek