Xiaomi 17 Pro sentabr oyining eng kuchli smartfoni deb topildi

2-oktabr 2025 11:53 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Xiaomi 17 Pro
Xiaomi 17 Pro dunyoning eng qudratli smartfoni deb topildi / Foto: Xiaomi

AnTuTu benchmark dasturida Xiaomi 17 Pro sentabr oyining eng kuchli smartfoni deb topildi. Bu haqda uning saytida ma’lum qilindi.

Smartfon o‘rtacha 3,5 million ball to‘plab, reytingda birinchi o‘ringa chiqqan. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar ham Xiaomi’ning yangi modellari — 17 Pro va Xiaomi 17ga nasib etdi. Bunday holat, ya’ni bir ishlab chiqaruvchining uch modeli birdaniga kuchli uchlikni egallashi juda kam uchraydi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Xiaomi 17 seriyasining ustunligi uning texnik asosida yotadi. Hozircha faqat shu smartfonlar yangi Qualcomm Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori bilan jihozlangan. Reytingning qolgan o‘nta kuchli smartfonlari orasida faqatgina Vivo X200s (9-o‘rin) shu platformaga asoslangan. Boshqa barcha modellar avvalgi avlod Snapdragon 8 Elite chipsetiga qurilgan bo‘lib, u unumdorlikda yangisidan ortda qoladi.

Shunga qaramay mutaxassislar oktabr oyida vaziyat o‘zgarishini kutmoqda. Chunki bozorda Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessoriga ega boshqa flagmanlar ham ommaviy ravishda sotuvga chiqadi. Shunda Xiaomi flagmanlari bilan teng raqobat qiladigan yangi modellar paydo bo‘lishi mumkin.

Jadval:

O‘rinModelProtsessorXotiraBall
1Xiaomi 17 Pro MaxSnapdragon 8 Gen516GB+1024GB3 507 568
2Xiaomi 17 ProSnapdragon 8 Gen516GB+1024GB3 503 549
3Xiaomi 17Snapdragon 8 Gen516GB+512GB3 492 556
4iQOO Neo10 Pro+Snapdragon 8 Gen516GB+1024GB3 342 128
5vivo X200 UltraSnapdragon 8 Gen516GB+1024GB3 324 527
6Red Magic 10S Pro+Snapdragon 8 Gen524GB+1024GB3 204 561
7OPPO Find X8 Ultra (Satellite)Snapdragon 8 Gen516GB+1024GB3 137 585
8Honor GT ProSnapdragon 8 Gen5 OC16GB+1024GB3 132 141
9vivo X200sDimensity 9400+16GB+1024GB3 063 873
10Redmi K80 ProSnapdragon 8 Gen516GB+1024GB2 948 253

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xiaomi 17 Pro ekrani iPhone 17’dan yorqin ekanligi aytilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek