AQSh hukumati budjet kelishmovchiligi sababli faoliyatini to‘xtatdi

eʼlon qilindi
Kongress yangi moliyaviy yil uchun budjetni qabul qila olmagani oqibatida yuzaga keldi
AQSh xalqaro talabalar kamayishi sababli 7 mlrd dollar yo‘qotishi mumkin
Foto: US Dream

1-oktabr kuni yarim tunda (Toshkent vaqti bilan soat 09:00 da) AQShda hukumatning vaqtincha yopilishi — shatdaun boshlandi. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.

Kongress yangi moliyaviy yil uchun budjetni qabul qila olmagani oqibatida yuzaga keldi.

Har yili AQSh Kongressi davlat muassasalari uchun xarajatlar to‘g‘risidagi qonunlarni ishlab chiqadi, ammo ko‘pincha bu jarayon moliya yili boshlanishidan oldin yakunlanmaydi. Hukumat faoliyatida uzilishlarning oldini olish uchun odatda vaqtinchalik moliyalashtirish choralariga murojaat qilinadi. Biroq amaldagi bunday qonun muddati 30-sentabrda tugadi va partiyalar yangi kelishuvga erisholmadi.

Shatdaun tufayli federal hukumatning ko‘plab idoralari mablag‘siz qoldi. Oq uy bunga demokratlarni ayblab, ularning qarshiliklari tufayli jarayon to‘xtaganini ta’kidladi.

Avvalroq «Kursiv» AQSh Davlat departamenti O‘zbekistondagi inson huquqlari bo‘yicha holatga baho bergani haqida yozgandi.

Shuningdek