Deport qilinganlarga xorijga chiqish pasporti berish tartibi belgilandi

eʼlon qilindi
Bu haqdagi yo‘riqnoma ro‘yxatdan o‘tkazildi
паспорт Узбекистана
Foto: Aviasales.uz

Endilikda deport qilingan fuqarolariga istisno holatlarda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirib berish tartibi belgilandi. Bu haqdagi yo‘riqnoma ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, readmissiya qilingan shaxslar haqidagi ma’lumotlar Migratsiya va personallashtirish departamenti (MvaPD) tomonidan «Pasport-viza» axborot tizimiga kiritiladi.

Bunda xorijga chiqish pasporti quyidagi hollarda istisno tariqasida beriladi: masalan, fuqaroning yaqin qarindoshi xorijda vafot etsa, fuqaro yoki uning yaqin qarindoshiga xorijda ixtisoslashgan tibbiy yordam yoki jarrohlik amaliyoti zarur bo‘lsa, xalqaro fan olimpiadasi, ta’lim yoki sport musobaqasida ishtirok etishi lozim bo‘lsa, yashash joyi chegara hududi yoki eksklav hududida bo‘lsa, yoki prezident va Vazirlar Mahkamasi hamda Prezident Administratsiyasi rahbarining topshiriqlarini bajarish zarur bo‘lsa.

Fuqarolar istisno holatlarda xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun MvaPD yoki uning hududiy boshqarmalariga murojaat qilishlari mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan deportatsiya qilingan fuqarolarga ikki yil davomida «zagran» pasport berilmasligi haqida yozgandi.

Shuningdek