Sentabr oyida iste’mol narxlari o‘rtacha 0,6 foizga oshdi

eʼlon qilindi
O‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 2,5 foizga pasaydi
Прогноз погоды
Foto: ru-travel.livejournal.com

Shu yilning sentabr oyida O‘zbekistonda iste’mol sektoridagi tovar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,6 foizga qimmatlashdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, yillik iste’mol narxlari indeksi (INI) 108 foizni tashkil qilib, o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 2,5 foizga pasaydi (2024-yil sentabr — 110,5%).

Sentabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 0,9%, nooziq-ovqat tovarlari 0,3%, aholiga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,3 foizga oshgan. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan pomidor narxi 16,9%, bulg‘or qalampiri 10,4%, sabzi 7,7%, tuxum 6,5%, tarvuz 5,6%, qovun 5,5% ga ko‘tarilgan.

Shuningdek, mol go‘shti va qo‘y go‘shti narxlari ham o‘sishga sabab bo‘lgan: suyaksiz mol go‘shti 1,8%, suyakli mol go‘shti 1,7%, qo‘y go‘shti 1,5%, parranda go‘shti 1,2% va tovuq boldiri 1,1% qimmatlashdi. O‘simlik yog‘i va shakar narxi mos ravishda 0,6% va 0,7% ga oshgan.

Nooziq-ovqat mahsulotlarida benzin 1,4%, sement va qimmatbaho metallardan yasalgan nikoh uzuklari esa 2,9 foizga ko‘tarilgan. Xizmatlar sohasida esa muzey xizmatlari 8,7% va haydovchilik bo‘yicha tayyorlov kurslari 5,0% ga qimmatlashgan.

Narx o‘zgarishlarini aniqlash uchun 10 mingdan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarida 190 mingga yaqin mahsulot va xizmat narxlari qayd etildi. Shu jumladan, 420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari hamda 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.

Avvalroq «Kursiv» 2026-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti olti foizga o‘sishi kutilayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek