GMC Yukon 2026 yangi modeli taqdim etildi — narx

2-oktabr 2025 16:35 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: gmc.com

Shimoliy Amerika bozorida yangilangan GMC Yukon 2026 yo‘ltanlamas avtomobili sotuvga chiqdi. Bu haqda Speedme nashri xabar berdi.

Bazaviy Elevation komplektatsiyasi orqa g‘ildirakdan tortuvchi versiyasi uchun narx $71,8 mingdan boshlanadi. AT4 to‘liq yurituvchan versiyasi $78,6 ming, AT4 Ultimate AWD esa $98,4 mingdan sotiladi.

Denali komplektatsiyasining orqa yurituvchan varianti $82,6 ming, eng yuqori darajadagi Denali Ultimate esa faqat to‘liq yurituvchan holda ishlab chiqarilib, $104,4 mingdan boshlanadi. Har bir komplektatsiya, shuningdek, uzunroq kuzovga ega Yukon XL variantida ham mavjud.

Tashqi ko‘rinishda bir qator yangiliklar kiritilgan. Jumladan, 22 dyuymli Carbon Flash Metallic rangli 6-spitsali alyuminiy disklar va 275/50R22SL to‘liq mavsumiy shinalar $2025 evaziga Elevation va Denali komplektatsiyalarida qo‘shimcha sifatida taklif etiladi. Panoramali elektr lyuk esa Elevation, AT4 va Denali uchun $1,5 ming turadi, AT4 Ultimate va Denali Ultimateda esa standart sifatida o‘rnatilgan.

Shuningdek, GMC ilg‘or texnologiyalarni ham taklif etmoqda. Masalan, GM Super Cruise qo‘llarni ishlatmasdan boshqarish tizimi $2855 ga sotiladi va Elevation hamda AT4 komplektatsiyalarida mavjud. Bu tizim AT4 Ultimate va Denali Ultimate’da standart bo‘lib, Denali uchun qo‘shimcha paket sifatida taklif qilinadi.

Bundan tashqari, AT4 Ultimate va Denali Ultimate xaridorlari $2 ming evaziga tungi ko‘rish tizimini ham o‘rnatishlari mumkin.

Yangi Yukon uch xil dvigatel varianti bilan ishlab chiqarilmoqda: 5,3 litrli V8 L84 benzinli motor, 6,2 litrli V8 L87 benzinli motor va 3,0 litrli I6 LZ0 Duramax dizel dvigateli. Modelning asosi GM T1 platformasi bo‘lib, avtomobillar Texas shtatidagi Arlington zavodida yig‘iladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chery Fulwin T11 uchun 13-oktabrdan oldindan buyurtma qabul qilinishi haqida yozgandi.

Shuningdek