Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo‘ladi

eʼlon qilindi
Rasmiy hujjatlar 24 – 48 soat ichida imzolanishi kutilmoqda
Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo‘ladi / Foto: Sportnews

Mashhur futbol jurnalisti Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, Italiya futbol afsonasi Fabio Kannavaro O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqarishga kelishib oldi.

Manbaga ko‘ra, 2026-yilgi Jahon chempionati saralashlari arafasida Kannavaro bosh murabbiy sifatida ish boshlashi rejalashtirilmoqda. Shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuv allaqachon amalga oshirilgan bo‘lib, rasmiy hujjatlar 24 – 48 soat ichida imzolanishi kutilmoqda.

Fabio Kannavaro Italiya terma jamoasining sardori sifatida 2006-yilda Jahon chempioni bo‘lgan va o‘sha yili «Oltin to‘p» mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Murabbiylik faoliyati

Klub/JamoaDavlatO‘yinlar soniG‘alabaDurangMag‘lubiyat
Al-NassrSaudiya Arabistoni14653
Tyanszin SyuanszyanXitoy50281012
Guanchjou EvergrandXitoy125792323
Xitoy terma jamoasiXitoy2002
BeneventoItaliya17377
UdinezeItaliya6231
Dinamo ZagrebXorvatiya14725

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2027-yilgi FIFA «U-20» Jahon chempionati O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tkazilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek