Olmazorda 50 yoshli erkak 10-qavatdan sakrab halok bo‘ldi — video

eʼlon qilindi
Fojia sodir bo‘lishidan oldin er-xotin o‘rtasida janjal chiqqani aytilmoqda
Uy-joy
Olmazorda 50 yoshli erkak 10-qavatdan sakrab halok bo‘ldi. Foto: Sun’iy intellekt yordamida yasaldi

Joriy yilning 1-oktabr kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi 50 yoshli erkak ko‘p qavatli uyning 10-qavatidan o‘zini tashlab, vafot etdi. Bu haqda Milliy telekanali xabar berdi.

Qo‘shnilarining aytishicha, u aslida Qoraqalpog‘istondan bo‘lib, turmush o‘rtog‘i bilan ijarada yashagan. Fojia sodir bo‘lishidan oldin er-xotin o‘rtasida janjal chiqqani aytilmoqda. Ayol hozirda og‘ir ahvolda reanimatsiyada davolanmoqda.

Video: Milliy TV

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, voqea yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Bundan avval ham xuddi shu tumanda 24 yoshli ayol ikki farzandi va o‘zini ko‘p qavatli uydan tashlagandi. Hodisa 17-sentabr kuni soat 14:18 da sodir bo‘lgan. Ayol dastlab 1 va 3 yoshli o‘g‘illarini 4-qavat yo‘lagidan pastga tashlab yuborgan, so‘ngra 8-qavatdan o‘zini tashlagan. Natijada ayol shifoxonada vafot etdi, bolalarning hayoti esa saqlab qolindi.

Shuningdek