Oʻzbekiston vakili Xitoy hukumatining «Doʻstlik» mukofotiga sazovor boʻldi

Pekindagi Xalq vakillari majlisi saroyida Xitoy hukumatining eng nufuzli e’tirofi — «Doʻstlik» mukofoti topshirildi. Bu yil ilk bor Oʻzbekiston vakili Vladimir Norov ham mazkur mukofotga sazovor boʻldi.
Ushbu mukofot Xitoyning modernizatsiyasi va xalqaro hamkorligiga katta hissa qoʻshgan xorijiy mutaxassislarga beriladi. Bu yilgi marosimda 27 mamlakatdan 50 nafar mutaxassis taqdirlandi.
Mukofot sovrindori oʻz nutqida diplomatiya va ilmiy faoliyati davomida Xitoy, Markaziy Osiyo hamda xalqaro hamjamiyat oʻrtasida oʻzaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlashga intilganini ta’kidladi.
«Doʻstlik mukofoti bizga birgalikda ishlash orqali nafaqat farovonlik, balki ishonch, oʻzaro tushunish va xalqlar oʻrtasida mustahkam rishtalar yaratish mumkinligini eslatadi», dedi u oʻz chiqishida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dramaturg va yosh rejissyorlar uchun mukofotlar ta’sis etilgani haqida yozgan edik.