Qatarda metropoliten uchun radio muhandislar ishga qabul qilinmoqda

eʼlon qilindi
Ish haqi $3,5 ming qilib belgilangan
O‘zbekiston Qatar
O‘zbekiston Isroilning Qatar poytaxtiga qilgan hujumini qoraladi / Foto: Pond5

Qatarda metropoliten loyihalari uchun tajribali radio muhandislar ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

Bu bo‘yicha Job Bridge xususiy bandlik agentligi e’lon bilan chiqdi. Unga ko‘ra, nomzodlar bilan mehnat shartnomasi to‘g‘ridan to‘g‘ri ish beruvchi tomonidan tuziladi va shartnoma muddati doimiy hisoblanadi.

Ish haqi $3,5 ming qilib belgilangan bo‘lib, qo‘shimcha ish soatlari uchun alohida haq to‘lanadi. Xodimlar uchun bepul yotoqxona hamda ish vaqtida bir mahal ovqat berilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, sug‘urta bilan ta’minlash va aviachipta xarajatlarini ham ish beruvchi o‘z zimmasiga oladi.

Nomzodlardan ingliz tilini kamida B2 darajada bilishi, bakalavr diplomi, sudlanmaganlik haqida ingliz tilida ma’lumotnoma hamda xorijiy pasport talab qilinmoqda. 50 yoshgacha bo‘lgan erkak va ayollar mazkur ish o‘rinlariga murojaat qilishlari mumkin.

Arizalar Migratsiya agentligining «Xorijda ish» platformasi orqali qabul qilinmoqda. Job Bridge agentligi ma’lumotlarning to‘g‘riligiga shaxsan javobgarlikni o‘z zimmasiga olganini bildirdi. Shu bilan birga, agentlik mehnat shartnomasida ish beruvchi sifatida qatnashmasligini ham alohida ta’kidlamoqda.

Avvalroq «Kursiv» nashri o‘zbekistonlik traktor va yuklovchi mashina haydovchilari Bolgariyaga ishga taklif qilinayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek