Buxoroda tadbirkorning qariyb 1 mlrd so‘mi talon-toroj qilindi
eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Buxoro viloyatining Jondor tumanida tadbirkorning 995,7 mln so‘mi aldov yo‘li bilan o‘zlashtirilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, avval ham firibgarlik uchun sudlangan fuqaro «X.I.» MChJ ta’sischisining ishonchini suiiste’mol qilib, yoqilg‘i-moylash materiallarini olib berish bahonasida korxona hisobidan mablag‘larni o‘z plastik kartaga o‘tkazib olgan.
Natijada tadbirkor katta miqdorda moddiy zarar ko‘rgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda hokimliklardan uy-joylar va inshootlar uchun 90 mlrd so‘mga yaqin kompensatsiya undirilgan edi.