Apple 2026-yilda arzon iPhone 17e modelini taqdim etishi kutilmoqda

4-oktabr 2025 16:21 eʼlon qilindi

Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Yangiliklar muharriri m.norqobilov@kursiv.media
Foto: macrumors.com

Apple 2026-yilda arzon iPhone 17e modelini taqdim etishi kutilmoqda. Bu haqda qator manbalar xabar bermoqda.

MacRumors va Bloomberg ma’lumotlariga koʻra, kompaniya ushbu modelni 2026-yilning birinchi yarmida bozorga chiqarishni rejalashtirgan. iPhone 17e Appleʼning asosiy iPhone 17 seriyasiga kiradi va brendning eng hamyonbop varianti boʻlishi kutilmoqda. Narxi $599 atrofida belgilanishi mumkin. Bu esa oʻtgan yili chiqqan iPhone 16e modeliga teng.

Xabar berilishicha, yangi qurilma koʻrinishi jihatidan iPhone 16eʼga oʻxshash boʻladi. Unda 6,1 dyuymli Super Retina XDR OLED displey oʻrnatiladi. Ba’zi manbalar iPhone 17eʼda Dynamic Island dizayni paydo boʻlishi mumkinligini ham taxmin qilmoqda.

Smartfon flagman iPhone 17 bilan bir xil A19 chipida ishlaydi. Ushbu protsessor 3 nanometrlik texnologiyada yaratilgan boʻlib, kuchli grafik protsessor va 16 yadroli Apple Neural Engine bilan jihozlangan.

Bu foydalanuvchilarga sun’iy intellekt imkoniyatlarini qurilma ichida tezkor ishlatish, yanada samarali Siri hamda konsol darajasidagi mobil oʻyinlardan bahramand boʻlish imkonini beradi.

Apple odatda bahorda arzonroq «e» seriyasini taqdim etadi. Shu sababli iPhone 17e 2026-yil fevral yoki mart oylarida taqdim qilinishi ehtimoli katta.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda iPhone 17 seriyasining narxlari haqida xabar bergan edi.

Shuningdek