Bitkoin narxi tarixiy rekordni yangilab, $125 mingdan oshdi

5-oktabr tongida bitkoin kursi tarixiy rekordni yangilanib, narxi $125 mingdan oshdi. Eng yuqori ko‘rsatkich $125,8 mingni tashkil etdi. Avvalgi rekord 2025-yil 14-avgustda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda bitkoin $124,47 minggacha ko‘tarilgan edi.
Ma’lumot uchun, Bitkoin dunyodagi eng yirik va eng taniqli kriptovalyuta bo‘lib qolmoqda. U blokcheyn texnologiyasi asosida ishlaydi va markazlashgan boshqaruv tizimiga ega emas. Tangalar soni cheklangan, ularning aksariyati allaqachon qazib olingan. Kriptovalyuta konsepsiyasini 2008-yilda Satoshi Nakamoto taxallusi ostidagi muallif taklif qilgan.
Telegram asoschisi Pavel Durov o‘zining hayot tarzini bitkoin investitsiyalari orqali moliyalashtirganini aytdi. Uning fikricha, BTC kelajakda $1 mln qiymatga yetishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston ilk bor spot bitkoinni savdoga chiqargan edi.