Xitoyda Li Auto savdosi keskin kamaydi

eʼlon qilindi
Xitoydagi savdolar hajmi 64 foizga qisqardi
Xitoyda Li Auto savdosi keskin kamaydi / Foto: Li Auto

Xitoyning eng muvaffaqiyatli avtomobil startaplaridan biri bo‘lgan Li Auto 2025-yilda og‘ir sinovlarga duch kelmoqda. Bu haqda «Китайские автомобили» nashri ma’lum qildi.

Kompaniyaning uchinchi chorak yakunlariga ko‘ra, atigi 93,2 ming avtomobil sotilib, bu o‘tgan yilgi natijalardan 64 foizga kam.

Mutaxassislar bu inqirozni bir necha omillar bilan izohlamoqda. Birinchidan, Xitoy avtomobil bozorida raqobat keskinlashdi. Aito, Deepal, Geely Galaxy, Denza kabi brendlar Li Auto modellari bilan raqobatlashadigan, arzonroq va texnologik jihatdan ilg‘or gibrid avtomobillarni taqdim etmoqda.

Ikkinchidan, kompaniya gibrid liniyani rivojlantirish o‘rniga elektr avtomobillarga e’tibor qaratdi. Biroq Li Auto’ning ilk elektr modeli Mega kutilgan natijani bermadi. Bu esa umumiy savdo hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Endilikda Li Auto ichki bozor yo‘qotishlarini qoplash uchun xalqaro maydonga faol chiqishni rejalashtirmoqda. Kompaniya allaqachon Qozog‘iston va Belarusda savdoni boshlagan, yaqin orada Rossiya, Markaziy Osiyo va Fors ko‘rfazi mamlakatlarida ham o‘z o‘rnini topishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq olti o‘rindiqli Li i8 elektromobili rasman sotuvga chiqishi haqida yozgan edik.

Shuningdek