Qirg‘izistondagi 7 balli zilzila O‘zbekistonning beshta hududida sezildi
eʼlon qilindi
6-oktabr kuni

6-oktabr soat 01:29:04 da Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod viloyatida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, hodisaning magnitudasi 5,7, chuqurligi 10 km, episentrda sezilish kuchi 7 ballni tashkil etdi.
O‘zbekiston hududida zilzila Namangan, Andijon, Farg‘ona, Sirdaryo viloyati va Toshkent shahrida 2-4 ball oralig‘ida sezildi. Zilzilaning episentri Toshkentdan 199 km shimoliy-sharqda joylashgan bo‘lib, koordinatalari 41,94 N, 71,43 E ni tashkil etadi.
Hozircha jiddiy talofat yoki zarar haqida ma’lumot berilmagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 25-sentabr kuni ham zilzila yuz bergani haqida yozgandi.