Zeekr 9X’ning arzon nusxasi ishlab chiqarildi

6-oktabr 2025 10:11 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Zeekr 9X’ning arzon nusxasi ishlab chiqarildi / Foto: Zeekr

Yaqinda taqdim etilgan flagman Zeekr 9X bozorda paydo bo‘lishi bilanoq Xitoyda uning arzon nusxasi chiqarildi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.

Lao Tou Le kompaniyasi ishlab chiqargan avtomobil tashqi ko‘rinishda Zeekr 9X’ga juda o‘xshaydi, ammo hajmi ikki baravar kichik.

Foto: Weibo

Mashinaning old va orqa dizayni Zeekr 9X’ni eslatadi, biroq salon qulayliklari va jihozlanish darajasi taqqoslashga arzimaydi.

Lao Tou Le asosan yoshi katta kishilar uchun mo‘ljallangan ixcham elektrokarlar ishlab chiqarishi bilan tanilgan. Keyinchalik ular yosh onalar orasida ham shahar transporti sifatida ommalashdi.

Foto: Weibo

Yangi nusxaning narxi juda arzon turadi. Haqiqiy Zeekr 9X narxi 465 900 yuandan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Zeekr 9X gibrid avtomobilining narxi ochiqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek