O‘zbekiston sayyohlik agentliklari sakkiz oyda 2,2 trillion so‘m daromad oldi

eʼlon qilindi
2025-yilning yanvar – avgust oylarida
O‘zbekiston sayyohlik agentliklari sakkiz oyda 2,2 trillion so‘m daromad oldi
O‘zbekiston sayyohlik agentliklari sakkiz oyda 2,2 trillion so‘m daromad oldi. Foto: Facebook

Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar – avgust oylarida sayyohlik agentliklari 2,2 trillion so‘m daromad oldi. Ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 44 foizga oshgan.

Eng ko‘p xizmatlar Toshkent shahrida ko‘rsatilgan bo‘lib, uning hajmi 1,7 trillion so‘mdan oshgan. Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati – 305 mlrd so‘m, Xorazm viloyati – 73,1 mlrd so‘m, Toshkent viloyati – 52,2 mlrd so‘m va Buxoro viloyati – 31,9 mlrd so‘m bilan qayd etilgan.

Ushbu hududlar jami turistik xizmatlar hajmining 97,1 foizini ta’minlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Baxmal tumanida 22 milliard so‘mlik turizm loyihalari amalga oshirilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek