Toshkent havosi dunyoda eng iflos shahar sifatida qayd etildi

eʼlon qilindi
6-oktabr soat 10:00 holatiga ko‘ra
Foto: Ahmad Muhammadov / Kursiv Uzbekistan

6-oktabr soat 11:30 holatiga ko‘ra, Toshkent havosidagi PM2.5 zarrachalar miqdori 188 mkg/m³ ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich «zararli» darajaga kiradi, deya xabar berdi IQAir portali.

Shuningdek, poytaxt havosida PM10 zarrachalar miqdori 269,7 mkg/m³ ga yetgan – bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) belgilagan kunlik me’yordan (45 mkg/m³) qariyb 6 baravar yuqori.

Reytingda Bishkek (Qirg‘iziston) 152 mkg/m³ bilan ikkinchi, Kinshasa (Kongo) esa 132 mkg/m³ bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Eng iflos havoga ega shaharlar o‘ntaligiga Kalkutta, Manama, Doha, Jakarta, Addis-Abeba, Dehli va Bog‘dod ham kiritilgan.

JSST ma’lumotiga ko‘ra, inson salomatligiga eng ko‘p zarar yetkazadigan omil — bu PM2.5 tipidagi mayda zarrachalar bo‘lib, ular nafas yo‘llari va yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda eng toza shahar Nukus bo‘layotgani haqida yozgandi.

Shuningdek