Noqonuniy tagliklar: xorijiy brend nomidan foydalangan korxona jarimaga tortildi

eʼlon qilindi
Ahangaron Hygienic Pro korxonasi Huggies savdo belgisidan ruxsatsiz foydalangan
Noqonuniy tagliklar: xorijiy brend nomidan foydalangan korxona jarimaga tortildi
Noqonuniy tagliklar: xorijiy brend nomidan foydalangan korxona jarimaga tortildi. Foto: ijtimoiy tarmoq

Xorijiy brend nomidan ruxsatsiz foydalangan korxona jarimaga tortildi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Ahangaron Hygienic Pro korxonasi «Kimberly-Clark» MChJga tegishli bo‘lgan Huggies savdo belgisidan ruxsatsiz foydalangan.

Oʻrganishlar davomida ushbu korxona, haqiqatan ham, mazkur brend belgisidan foydalangani va bu holat brend obroʻsiga salbiy ta’sir koʻrsatayotgani tasdiqlandi.

Shu sababli korxonaga nisbatan ish qoʻzgʻatilib, qonunbuzarlik deb topildi hamda moliyaviy jarima qoʻllash haqida qaror qabul qilindi. Shuningdek, bunday holatlarning kelgusida takrorlanmasligi uchun korxonaga koʻrsatma berildi.

Bundan avval TIM brendi ostida qalbaki go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, «Sheris Rent Group» MChJ o‘ziga tegishli TIM jamlama tovar belgisidan noqonuniy foydalanilganini ma’lum qilgan. Murojaat asosida o‘tkazilgan tekshiruvda «A.B.» MChJ tomonidan mazkur brend belgilariga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash etiketkalar tayyorlangan va 3 o‘ram (600 metr) mahsulot qadoqlash materiallari saqlanayotgani aniqlandi.

Shuningdek