Shavkat Mirziyoyev marhum Ismoil Jo‘rabekov xonadoniga tashrif buyurdi

eʼlon qilindi
Qur’on tilovat qilinib, duo o‘qilgan
Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ismoil Jo‘rabekov oilasiga hamdardlik bildirdi / Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev marhum davlat va jamoat arbobi, suv xo‘jaligi vazirining maslahatchisi Ismoil Jo‘rabekovning xonadoniga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta’ziyali xonadonga tashrif davomida Qur’on tilovat qilinib, duo oʻqildi. Davlat rahbari marhumning ezgu ishlarini, Vatanga xizmatlarini yodga oldi.

Ismoil Jo‘rabekov 1931-yil Samarqandda tug‘ilib, butun mehnat faoliyatini irrigatsiya va melioratsiya sohasiga bag‘ishlagan. 1985-yilda Vazirlar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. Mustaqillik yillarida esa Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, davlat maslahatchisi kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.

So‘nggi yillarda ham u suv xo‘jaligi vazirining maslahatchisi sifatida faoliyat yuritib, keng ko‘lamli islohotlarda qatnashgan. Uning xizmatlari davlat mukofotlari, jumladan, «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan irrigator» faxriy unvoni bilan e’tirof etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Mirziyoyev Ismoil Jo‘rabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek