O‘zbekistonda sun’iy intellekt uchun «superkompyuter klasteri» yaratilmoqda

eʼlon qilindi
O‘zbekiston sun’iy intellektni tatbiq etish bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinda
O‘zbekistonning barcha hududlarda Sun’iy intellekt xakatoni yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda sun’iy intellekt uchun superkompyuter klasteri yaratilmoqda. Foto: ijtimoiy tarmoq

O‘zbekistonda sun’iy intellekt uchun «superkompyuter klasteri» yaratilmoqda. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston sun’iy intellektni tatbiq etish bo‘yicha xalqaro reytingda 17 pog‘ona ko‘tarilib, hozirda 188 davlat ichida 70-o‘rinda, Markaziy Osiyoda esa birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda 2030-yilgacha mo‘ljallangan Sun’iy intellekt strategiyasi qabul qilingan va maxsus markaz tashkil etilgan.

Shuningdek, sog‘liqni saqlash, ta’lim, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, ekologiya va moliya sohalarini qamrab oladigan 86 ta loyiha ishlab chiqilgan. Shu maqsadda $50 million mablag‘ ajratilgan. Bundan tashqari, sun’iy intellektni qo‘llash uchun zarur hisoblash imkoniyatlarini yaratish maqsadida «superkompyuter klasteri»ni yaratish ishlari olib borilmoqda.

Kadrlar tayyorlash uchun «Bir million sun’iy intellekt yetakchilari» dasturi doirasida onlayn platformalar ishga tushirildi. 2027-yilgacha 1 million yosh sun’iy intellekt bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi rejalashtirilgan. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun barcha hududlarda Sun’iy intellekt xakatonlari tashkil etiladi.

Avvalroq Pavel Durov Ostonada sun’iy intellekt laboratoriyasi ochilishini e’lon qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi bir necha oy ichida Telegram blokcheyn va sun’iy intellektni kesib o‘tishning yangi texnologiyasi ustida ishlagan, bu esa bir milliarddan ortiq odamga markazlashmagan kompyuter tizimi tomonidan xususiy shaffof tartibda ishlab chiqariladigan sun’iy intellekt funksiyalaridan foydalanish imkonini beradi.

Shuningdek