Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketdi
eʼlon qilindi
Davlat rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev 6-oktabr kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etadi. «Mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik» mavzusidagi yig‘ilishda ustuvor yo‘nalishlarda ko‘p tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi.
Sammit yakunida tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan prezident Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etishi haqida yozgan edi.