Vivo 200 MP kamerali yangi V60e smartfonini taqdim etdi

7-oktabr 2025 19:00 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Vivo 200 MP kamerali yangi V60e smartfonini taqdim etdi / Foto: Vivo

Vivo kompaniyasi uzoq kutilgan V60e smartfonini Hindistonda rasman taqdim etdi. U V60 modelining arzonroq varianti sifatida taqdim qilinmoqda.

Smartfon MediaTek Dimensity 7360 Turbo protsessori bilan jihozlangan.

Vivo V60e 6,77 dyuymli AMOLED displeyga ega bo‘lib, 120 Hz yangilanish tezligi, 1600 nit yorqinlik, 10-bit rang chuqurligi va ko‘zni asrovchi Low Blue Light sertifikatiga ega. Ekran Diamond Shield Glass himoyasi bilan mustahkamlangan.

Foto: Gizmochina

Old kamerasi 50 MP bo‘lib, AI Aura Light Portrait funksiyasiga ega. U ikki fizik yoritkich va sun’iy intellekt yordamida portretlarda yorug‘lik balansini avtomatik moslaydi.

Orqa tomonda asosiy 200 MP kamera Samsung HP9 sensoriga ega, diafragma f/1.88, optik barqarorlashtirish (OIS) mavjud. Bundan tashqari, 8 MP ultra-keng linza ham joylashtirilgan. Qurilma 4K video yozishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Smartfon Android 15 asosidagi FunTouch OS 15 bilan ishlaydi. Vivo uchta katta Android yangilanishi va besh yil xavfsizlik yangilanishlarini va’da qilgan.

Batareya sig‘imi 6500 mA/soat bo‘lib, 90 Vt tez zaryadlash qo‘llab-quvvatlanadi. Model IP68 va IP69 standartlari bo‘yicha suv va changga chidamli, 5G, Wi-Fi va ekranga o‘rnatilgan barmoq izi skaneriga ega.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Vivo X300 Pro smartfonining kamera imkoniyatlari namoyish qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek