O‘zbekistonda 2024-yilda yarim million tonnadan ortiq o‘rik yetishtirildi
eʼlon qilindi
Uning asosiy qismini dehqon va tomorqa xo‘jaliklari yetishtirgan

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekistonda jami 526,7 ming tonna o‘rik yetishtirilgan.
Hisobotda qayd etilishicha, o‘rik hosilining asosiy qismini dehqon va tomorqa xo‘jaliklari yetishtirgan – 279,5 ming tonna. Fermer xo‘jaliklarida esa 229,3 ming tonna, qishloq xo‘jaligi tashkilotlarida esa 17,9 ming tonna o‘rik yetishtirilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston o‘rigi nafaqat ichki bozor uchun, balki eksport salohiyati jihatidan ham muhim mahsulot hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq sport bilan shug‘ullanuvchilar ulushi 68,3% gacha oshgani haqida yozgan edik.