O‘zbekiston va Fransiya qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik qiladi

eʼlon qilindi
Tomonlar qator loyihalarni ilgari surdi
O‘zbekiston va Fransiya qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik qiladi / Foto: Hukumat portali

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ualid Fuk bilan hamkorlik uchrashuvi o‘tkazdi. Bu haqda hukumat portalida ma’lum qilindi.

Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, mavjud loyihalarni baholash va istiqboldagi yo‘nalishlarni belgilash masalalarini muhokama qildi.

Muloqot davomida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, import va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha yangi tashabbuslar ilgari surildi.

Uchrashuvda sut ishlab chiqarish sohasidagi qo‘shma loyiha alohida e’tiborga olinib, uning samaradorligini oshirish yo‘nalishida amaliy takliflar muhokama qilindi. Shuningdek, chorvachilikda genetika yo‘nalishini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash hamda logistika infratuzilmasini takomillashtirish masalalari ham kun tartibidan o‘rin oldi.

Vazir mamlakatimiz viloyatlarining salohiyatiga to‘xtalib, ayrim hududlarni logistika markazi sifatida rivojlantirish istiqbollari haqida ma’lumot berdi. Uning ta’kidlashicha, joylarda ishlab chiqarish zanjiri va eksport imkoniyatlarini kengaytirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud tashabbuslarni izchil amalga oshirish borasida kelishuvga erishdilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Shvetsiya taraqqiyot sohasida hamkorlik qilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek