Toshkentda ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi

eʼlon qilindi
8-oktabrdan 20-oktabrga qadar
ko'cha ta'miri
Toshkentda ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi / Foto: Rambler

Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari hududidan o‘tuvchi bir nechta ko‘chalarda yo‘l ta’mirlash ishlari olib boriladi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Toshkent shahri hokimligi axborot xizmati

Xususan, Yangi O‘zbekiston ko‘chasi (Ohangaron shossesidan D012 avtomobil yo‘ligacha bo‘lgan qism), Jasorat ko‘chasi hamda Do‘stlik ko‘chalarida avtomobil yo‘lining yuqori qatlamiga PSHMA-20 turdagi asfalt-beton qoplamasi yotqiziladi.

Shu munosabat bilan 2025-yil 8-oktabrdan 20-oktabrga qadar ushbu yo‘nalishlarda transport harakati qisman cheklanadi.

Foto: Toshkent shahri hokimligi axborot xizmati

Hokimlik haydovchilardan vaqtincha noqulayliklar uchun uzr so‘rab, harakatlanishda muqobil yo‘llardan foydalanishni tavsiya etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi Maxtumquli ko‘chasining bir qismi noyabrgacha yopilgan edi.

Shuningdek