2025-yilda global savdo hajmi 2,4 foizga oshishi kutilmoqda — JST tahlili

2025-yilda jahon savdo tizimi global notinchlikka qaramay, barqarorlikni saqlab qolmoqda. Bu haqda Jahon savdo tashkiloti (JST) hisobotiga tayanib Reuters agentligi xabar berdi.
Hisobotda ta’kidlanishicha, 2025-yilda global savdo hajmi 2,4 foizga oshishi kutilmoqda. O‘sishning asosiy sababi sifatida AQShda boj tariflarining oshishidan oldingi import faolligi va sun’iy intellekt bilan bog‘liq tovarlar savdosining ko‘payishi ko‘rsatilgan.
Biroq JST 2026-yilda jahon tovar savdosi hajmi 0,5 foizgacha sekinlashishini, global YIM esa 2,6 foizgacha pasayishini prognoz qilmoqda. JST rahbari Ngozi Okonjo-Iveala bu holatni tarif siyosatining savdoga bosim o‘tkazayotgani bilan izohladi.
2025-yilning birinchi yarmida jahon tovar savdosi hajmi 4,9 foizga, savdo qiymati esa 6 foizga oshgan. Asosiy o‘sish omillari sifatida SI texnologiyalariga talab va AQShga eksport hajmining oshishi qayd etilgan.
Tahlilda keltirilishida, Osiyo va Afrika mamlakatlari eksport hajmi bo‘yicha yetakchilik qiladi, Yevropada esa o‘sish sekinlashadi, Shimoliy Amerikada esa pasayish kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq savdo cheklovlarini bekor qilish uchun Xitoy AQShga 1 trillion dollar sarmoya kiritishi haqida xabar bergan edik.