Sun’iy intellektni rivojlantirish aylansi tashkil etiladi — Shermatov

eʼlon qilindi
SIni rivojlantirish bo‘yicha dasturiy konsepsiya ishlab chiqilmoqda
Sherzod Shermatov
Sun’iy intellektni rivojlantirish aylansi tashkil etiladi / Foto: Videodan ekran tasviri

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov «O‘zbekiston24» telekanaliga bergan intervyusida prezident sun’iy intellekt (SI) sohasidagi ta’limni yanada rivojlantirish, jumladan, vazirliklar, hokimliklar va oliy o‘quv yurtlari rahbarlarini o‘qitish, shuningdek, yangi o‘quv dasturlarini yaratish bo‘yicha topshiriqlar berganini qayd etdi.

«Bir million dasturchi loyihasida AIstudy.uz sayti ochilgan bo‘lib, bu platforma orqali butun aholi SI bo‘yicha bepul ta’lim olishi mumkin», – deya qayd etgan Shermatov.

Vazirning ta’kidlashicha, President Tech Award tanlovi orqali yoshlar startaplariga $1 mln yo‘naltiriladi. Xuddi shunday tanlovlarni SI sohasida o‘tkazish kutilmoqda.

«Prezident sun’iy intellektni rivojlantirish faqat Raqamli texnologiyalar vazirligining vazifasi emasligini ta’kidladi. Bu bilan barcha vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, shu jumladan, nodavlat tuzilmalar shug‘ullanishi kerak. Shu munosabat bilan davlat rahbari tomonidan barcha tomonlarning sa’y-harakatlarini birlashtiradigan Sun’iy intellektni rivojlantirish alyansini tuzish taklif qilindi», – degan Shermatov.

Ma’lum qilinishicha, SIni rivojlantirish bo‘yicha dasturiy konsepsiya ishlab chiqilmoqda. Unda ta’lim tizimiga SI yo‘nalishini kiritish, maktablarda o‘qituvchilarni tayyorlash, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, oliygohlarda maxsus laboratoriyalar tashkil etish, shuningdek, pedagoglar malakasini oshirish va ularni xorijga yuborish masalalari ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan mayning uchun elektr energiyasiga imtiyozli tarif joriy etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek