Jahon banki O‘zbekistonni eng tez o‘sayotgan beshta iqtisodiyotdan biri sifatida e’tirof etdi

eʼlon qilindi
Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida 2025-yilda yalpi ichki mahsulot (YIM) o‘sishi 2,4 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda
Jahon banki
Jahon banki O‘zbekistonni eng tez o‘sayotgan beshta iqtisodiyotdan biri sifatida e’tirof etdi / Foto: Ochiq manbalar

Jahon bankining «Yevropa va Markaziy Osiyo iqtisodiyoti: bandlik va farovonlik» nomli yangi hisobotida O‘zbekiston 2025-yilda iqtisodiy o‘sish sur’atlari bo‘yicha mintaqadagi eng tez rivojlanayotgan beshta davlatdan biri sifatida qayd etildi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida 2025-yilda yalpi ichki mahsulot (YIM) o‘sishi 2,4 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Bu ko‘rsatkich 2024-yildagi 3,7 foizdan past bo‘lib, asosan Rossiyadagi iqtisodiy sekinlashuv bilan izohlanmoqda.

Shunga qaramay, Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘sish sur’atlari bo‘yicha mintaqada yetakchilikni saqlab qolmoqda. 2025-yilda submintaqa bo‘yicha o‘rtacha o‘sish 5,9 foiz, 2026-yilda esa 5 foiz bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Foto: Jahon banki

O‘sishga Qozog‘istonda neft qazib olish hajmining oshishi, shuningdek Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonda pul o‘tkazmalari va investitsiyalar hajmining ortishi sabab bo‘lmoqda.

Iqtisodiy o‘sish sur’atlari bo‘yicha boshqa yetakchilar orasida Qirg‘iziston Respublikasi (2025-yilda 9,2 foiz va 2026-yilda 6,5 foiz), Tojikiston (mos ravishda 7,6 foiz va 5,2 foiz), Gruziya (7 foiz va 5,5 foiz) va Qozog‘iston ham (5,5 foiz va 4,5 foiz) bor.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlarning savdosi avtomatik tarzda cheklanishi haqida yozgan edi.

Shuningdek