Prokuratura xodimlari 25 ming AQSh dollari olayotgan vaqtida qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
Ushbu xodimlar avvalroq shu MChJ rahbaridan soliq tekshiruvida aniqlangan zarar miqdorini kamaytirish uchun $108 ming olgan
Prokuratura xodimlari 25 ming AQSh dollari olayotgan vaqtida qo‘lga olindi / Foto: Videodan tasvir

Toshkent viloyatida Prokuratura xodimlari $25 ming olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda DXX xabar bermoqda.

Bekobod shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Guliston tuman bo‘limi boshlig‘i va Bekobod shahri bo‘limining katta tezkor vakili fuqarodan $25 ming olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Aniqlanishicha, ular Zangiota tumanida faoliyat yurituvchi 4 ta MChJning norasmiy rahbariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ularning foydasiga hal qilib berish, shuningdek, Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi tomonidan 2 ta MChJda o‘tkazilgan tekshiruvlarni noqonuniy deb topish evaziga pora so‘ragan.

Video: «Xavfsizlik» telegram kanali

Shuningdek, tergovga qadar aniqlanishicha, ushbu xodimlar avvalroq shu MChJ rahbaridan soliq tekshiruvida aniqlangan zarar miqdorini kamaytirish uchun $108 ming olgan.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28, 211-moddasi 3-qismi «a» bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy sotgan shaxslar ushlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek