Mubashshir Ahmad 2-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi

Jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tumani sudi hukmi bilan Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Tursunov bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 2-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.
Shu bilan birga, Internet tarmogʻidagi Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlari, Telegram messenjeri hamda YouTube videoxostingidagi Mubaşşir Ahmad va Azon Global – Muqobil axborot-tahliliy kanali nomli sahifalar (kanallar) faoliyati toʻxtatilib, bloklanishi belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada noqonuniy diniy ta’lim berish holatlari aniqlangani haqida xabar bergan edik.