Isroil va Hamas G‘azoda tinchlik kelishuviga erishdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil va Hamas o‘rtasida G‘azoda ikki yillik urushni tugatishga qaratilgan tinchlik rejasi bo‘yicha uzoq kutilgan kelishuvga erishilganini e’lon qildi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu kelishuvni «ahamiyatli kun» deb atadi. U hukumat yig‘ilishi orqali kelishuvni rasmiylashtirish va garovdagilarni uylariga qaytarishni rejalashtirmoqda.
Hamas Qatar, Misr va Turkiya vositachilarining sa’y-harakatlarini e’tirof etdi va barcha tomonlarni kelishuv shartlariga rioya qilishga chaqirdi.
BMT bosh kotibi Antonio Guterrish kelishuvni qo‘llab-quvvatladi, garovdagilarni ozod qilish, doimiy to‘xtash va G‘azoga insonparvarlik yordamini yetkazishni zarur deb bildirdi.
Yangi Zelandiyaning tashqi ishlar vaziri Vinston Peters Hamas va Isroilni kelishuvni amalga oshirishga undadi, buni uzoq muddatli tinchlik sari muhim qadam sifatida baholadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Greta Tunberg va 170 nafar faolni deportatsiya qilgani haqida xabar bergan edik.