Ilon Mask sobiq Twitter rahbarlari bilan $128 millionlik mojaroni hal qildi

Ilon Mask boshchiligidagi X korporatsiyasi sobiq Twitter rahbarlari bilan $128 mlnlik kompensatsiya mojarosini hal etdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
Da’vo kompaniyaning sobiq bosh direktori Parag Agrawal, moliya direktori Ned Segal, yuridik maslahatchisi Vijaya Gadde va bosh yuriskonsulti Sean Edgett tomonidan kiritilgan edi.
San-Fransisko federal sudida e’lon qilingan kelishuv tafsilotlari oshkor qilinmagan. Sud 1-oktabr kuni ishni yakuniy kelishuv rasmiylashtirilgunga qadar kechiktirdi.
Bu Mask va X korporatsiyasiga qarshi ochilgan yagona da’vo emas. Avvalroq kompaniya Twitterdagi ishdan bo‘shatilgan xodimlar bilan $500 mlnlik kompensatsiya bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.
Da’vogarlar Mask ularni asossiz ravishda ishdan bo‘shatganini va va’da qilingan kompensatsiyani to‘lamaganini bildirdi. Ular bir yillik maosh va aksiyalar shaklidagi tovonni talab qilgan.
Mask va X kompaniyasi ayblovlarni rad etib, sobiq rahbarlar past samaradorlik sababli ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Maskning $1 trillionlik maosh rejasi tanqidlarga uchragani haqida yozgan edik.