
Geely kompaniyasi tomonidan Geely EX5 elektromobili Buyuk Britaniya bozorida taqdim etildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
Ushbu modelning Britaniya bozoridagi boshlang‘ich narxi 31 990 funt sterlingni (taxminan $43 ming) tashkil etadi. U Hyundai Ioniq 5 va Skoda Enyaq modellari bilan raqobatlashadi.

EX5 modeli 160 kVt (215 ot kuchi) quvvatga ega elektromotor va 60,2 kVt·soat sig‘imli LFP batareyasi bilan jihozlangan bo‘lib, 267 mil (taxminan 430 km) masofani bosib o‘tadi.

Xitoyda bu model Galaxy E5 nomi bilan 2024-yil avgustida savdoga chiqqandi. U qisqa muddatda Geely’ning eng ko‘p sotilgan avtomobillaridan biriga aylandi. Xitoyda u 107 800 yuan (taxminan $15 140) narxda taklif etilgan EX5 2025-yil avgustiga qadar 150 mingdan ortiq dona sotilgan. Bugunga kelib, u 30 dan ortiq mamlakatlarda sotuvda mavjud, Buyuk Britaniya esa so‘nggilardan biri bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Geely Lynk & Co 08 EM-P avtomobili yangilangani haqida yozgan edi.