Qo‘qon — Andijon poyezdlarining yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartirildi

Qo‘qon — Andijon poyezdlarining qatnov yo‘nalishi vaqtincha o‘zgardi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Boburshoh ko‘chasidagi ko‘prik qurilishi munosabati bilan 2025-yil 9-oktabr soat 11:00 dan 9-noyabr soat 11:00 gacha «Andijon-1» stansiyasining ayrim yo‘llari yopiladi.
Shu sababli Qo‘qon – Namangan – Andijon yo‘nalishidagi 6391 va 6392-sonli poyezdlar vaqtincha faqat «Andijon-2» stansiyasigacha qatnaydi.
Poyezdlar jadvali:
- 6391: Qo‘qon – 05:05 | Andijon–2 – 10:06;
- 6392: Andijon–2 – 14:17 | Qo‘qon – 20:06;
Avvalroq Urganch – Nukus yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi. «Urganch – Nukus – Urganch» shaharlararo poyezdi har kuni qatnaydi. Jadvalga ko‘ra, 6354-sonli «Nukus – Urganch» poyezdi har kuni soat 05:30 da Nukusdan jo‘nab, 08:50 da Urganchga yetib keladi. Shuningdek, 6353-sonli «Urganch – Nukus» poyezdi esa soat 15:30 da Urganchdan chiqib, 18:50 da Nukusga yetadi.