Toshkent va Farg‘onada yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi

eʼlon qilindi
Hozirda barcha holatlar yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda
O‘zbekistonda sal kam 80 kg giyohvandlik moddasi musodara qilindi
Toshkent va Farg‘onada yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi / Foto: CPD

Toshkent shahri va viloyatlarida Davlat xavfsizlik xizmati hamda ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida yashovchi besh nafar aka-ukaning uyidan 9 kg 14 gm marixuana, bir tup kannabis, qurol-yarog‘ va boshqa noqonuniy buyumlar topildi. Ular ilgari ham giyohvandlik savdosi bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangan bo‘lishiga qaramay, faoliyatlarini davom ettirgan. Eng achinarlisi, ular voyaga yetmagan ikki farzandini ham bu ishga jalb qilgan.

Shuningdek, Toshkent shahrida o‘tkazilgan boshqa tezkor tadbirda Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 3 kilogrammga yaqin «gashish» moddasining aylanmasi fosh etildi. Gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular hibsga olindi.

Farg‘ona viloyatida esa 6880 dona «Zardeks» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari aniqlanib, ularning umumiy qiymati 412 mln so‘mni tashkil etgani ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda 15 mlrd so‘mlik sifatsiz dori vositalari savdosiga chek qo‘yilgan edi.

Shuningdek