
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev Urugvayga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi. Bu haqda O‘FA ma’lum qildi.
U Kuvaytga qarshi o‘yinda jarohat olib, maydonni tark etgan edi. Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan so‘ng shifokorlar futbolchiga dam olishni tavsiya qilgan.
Ma’lumot uchun, joriy yil yozida futbolchi faoliyatini Turkiya superligasida davom ettirishga qaror qildi. U «SSKA»dan «Istanbul Bashakshehir» jamoasiga 7,5 mln yevro evaziga o‘tgan edi. Transfermarkt portali 8-iyul holatiga ko‘ra, uning bozor qiymatini 8 mln yevroga baholagan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Abbоsbek Fayzullayev 22 yoshga to‘lgani haqida yozgan edi.