Oliygohlarda talabalarga stipendiya toʻlovlari kechikkani yuzasidan izoh berildi

eʼlon qilindi
Toʻlovlar joriy hafta yakuniga qadar amalga oshirilishi aytildi
Foto: TDTU

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim oliy taʼlim muassasalari talabalariga stipendiya oʻz vaqtida toʻlanmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Vazirlik ma’lumotiga koʻra, barcha davlat oliygohlarida yuqori bosqich talabalariga stipendiyalar toʻliq toʻlab berilgan. Biroq ayrim OTMda birinchi bosqich talabalariga stipendiya tayinlash buyruqlarini rasmiylashtirish hamda bank plastik kartalarini ochish jarayoni kechikkani sababli toʻlovlar amalga oshirilmay qolgan.

«Hozirda barcha buyruqlar toʻliq rasmiylashtirilmoqda. Talabalarga stipendiya toʻlovlari joriy hafta yakuniga qadar amalga oshiriladi», — deyiladi vazirlik axborotida.

Eslatib oʻtamiz, davlat oliy taʼlim muassasalarida stipendiyalar toʻrt yil davomida oʻzgarmagan, faqat 2025-yil 1-avgustdan boshlab 10 foizga oshirilgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan talabalar taʼlim kreditini onlayn shaklda qanday olishlari mumkinligi haqida qoʻllanma tayyorlagan edi.

Shuningdek