Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqi vakili Kaya Kallas bilan uchrashdi

eʼlon qilindi
Uchrashuvda global va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi
Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqi vakili Kaya Kallas bilan uchrashdi / Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram sahifasidan

O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha Oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Kaya Kallas bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘z Telegram sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram sahifasidan

Muloqot davomida global va mintaqaviy masalalar muhokama qilinib, Markaziy Osiyodagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Saida Mirziyoyeva Kallas xonimga ochiq va mazmunli suhbat uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi sheriklikni yanada mustahkamlashga tayyorligini ta’kidladi.

Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram sahifasidan

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Bryusselda Ursula fon der Lyayen bilan uchrashgan edi.

Shuningdek