Andijonda uylarni suv bosgani yuzasidan izoh berildi

eʼlon qilindi
11-oktabr kuni soat 07:58 da
kanal
Andijonda uylarni suv bosgani yuzasidan izoh berildi / Foto: Ochiq manbalar

Andijon tumanida bir nechta xonadonlarning tomorqasini suv bosgan. Ushbu holat yuzasidan FVB rasmiy izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, 11-oktabr kuni soat 07:58 da Andijon tumanining Qumko‘cha mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi SRK-1 mahalliy kanalida suv hajmi ortib ketgani natijasida qirg‘oq va dambalardan qisman suv chiqqan. Natijada bir nechta xonadonlarning tomorqasiga suv kirgan.

Hozirda Irrigatsiya tarmoqlari boshqarmasi tomonidan kanaldan suv oqimini to‘xtatish choralari ko‘rilgan. Shu bilan birga, damba va qirg‘oqni mustahkamlash ishlari muhandislik texnikalari yordamida olib borilmoqda.

Video: «Andijon-bugun» telegram kanali

FVB ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar haqida xabar kelib tushmagan. Voqea joyida FVB, hokimlik, qutqaruv bo‘linmalari hamda irrigatsiya tizimi xodimlari ish olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chimyon tog‘ida adashib qolgan yetti kishi qutqarilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek