AQSHda portlovchi moddalar zavodi portlashi natijasi 18 nafar shaxs bedarak yo‘qoldi

eʼlon qilindi
Portlash kuchidan 15 mil uzoqlikdagi uylar ham titragan
AQSHda portlovchi moddalar zavodi portlashi natijasi 18 nafar shaxs bedarak yo‘qoldi / Foto: SKY5 videosidan ekran tasviri / Manba: Ijtimoiy tarmoqlar

AQShning Tennessi shtatida joylashgan Accurate Energetic Systems kompaniyasiga qarashli portlovchi modda ishlab chiqaruvchi zavodda kuchli portlash sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 18 kishi halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan deb xabar qilindi.

Portlash kuchidan 15 mil uzoqlikdagi uylar ham titragan, vayronalar va metall bo‘laklar esa yarim chaqirim masofagacha sochilgan.

Okrug mutasaddilari halok bo‘lganlar soni aniq emasligini, ammo bir necha kishining bedarak yo‘qolgani tasdiqlanganini bildirdi.

Video: Ijtimoiy tarmoqlar

Rasmiylarning ma’lum qilishicha, dastlab 19 kishi bedarak yo‘qoldi deb xabar berilgan, biroq keyin ulardan biri uyida topilgan. Hozircha qurbonlarning shaxsini aniqlash va yaqinlariga xabar berish ishlari davom etmoqda.

Huquq-tartibot organlari portlash paytida zavodda bo‘lgan ishchilarni aniqlash uchun mobil aloqa ma’lumotlarini tahlil qilmoqda.

Hozircha portlash sababi noma’lum, ammo tergovda FBI xodimlari ham ishtirok etmoqda. Portlash joyida qidiruv va tozalash ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri G‘azoda sulh e’lon qilingach, minglab falastinliklar uylariga qaytayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek