Andijonda hokim o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Andijonda hokim o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi / Foto: DXX

Andijon viloyati Marhamat tumani hokimining o‘rinbosari pora ustida qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

U mansab vakolatidan foydalanib, tuman hududidan o‘tgan katta yo‘l bo‘yidagi 400 metr uzunlikdagi zovurni yopiq tizimga o‘tkazish evaziga hosil bo‘ladigan 60 sotix yer maydonidan 8 ta savdo do‘koni qurish uchun yer ajratib berishni va hujjatlarni rasmiylashtirishni va’da qilgan. Buning evaziga u fuqaro­dan $15 ming talab qilib, avval $200 olgan.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda hokim o‘rinbosari qolgan $14,8 ming olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a, v» bandlari va 28,211-moddasi 2-qismi «b» bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda unga «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prokuratura xodimlari $25 ming olayotgan vaqtida qo‘lga olingan edi.

Shuningdek