Janubiy Koreyadagi O‘zbekiston elchixonasida 100-nikoh rasmiylashtirildi

eʼlon qilindi
10-oktabr kuni O‘zbekiston fuqarolari Elyor Nurdinov va Nilufarxon Nuriddinova o‘rtasidagi nikoh qayd etildi
Qozog‘istonda majburiy nikoh uchun o‘n yilgacha qamoq jazosi belgilandi
Janubiy Koreyadagi O‘zbekiston elchixonasida 100-nikoh rasmiylashtirildi / Foto: Facebook

Janubiy Koreyadagi O‘zbekiston elchixonasida 100-nikoh rasmiylashtirildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Janubiy Koreyadagi O‘zbekiston elchixonasi 2025-yil davomida o‘z konsullik bo‘limida yuzta nikohni rasmiylashtirdi. Joriy yilning 10-oktabr kuni O‘zbekiston fuqarolari Elyor Nurdinov va Nilufarxon Nuriddinova o‘rtasida elchixonadagi 100-nikoh qayd etildi.

Elchixona FHDY hujjatlarini rasmiylashtirish soni bo‘yicha xorijdagi O‘zbekiston elchixonalari orasida yetakchi o‘rinda qolmoqda.

Avvalroq Adliya vazirligi FHDY sohasidagi 2025-yil 1-yarim yillik natijalarini e’lon qilgandi. Hisobotga ko‘ra, bu davrda respublika bo‘ylab 95,2 mingdan ziyod nikoh qayd etilgan bo‘lib, o‘rtacha nikoh yoshi 24 yoshni tashkil qilgan.

Shuningdek, 34,3 ming nafar ayol turmush o‘rtog‘i familiyasini olgan. 30 yoshgacha bo‘lganlar orasida eng ko‘p nikoh Samarqand viloyatida (2170 ta) qayd etilgan bo‘lsa, 50 yoshdan yuqori yoshda tuzilgan nikohlar soni 669 tani tashkil etib, bu Toshkent shahrida eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lgan.

Shuningdek