UzAuto Motors yangi Damas va Cobalt modifikatsiyalarini taqdim etadi

13-oktabr 2025 10:29 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Yangi Chevrolet Damas va Cobalt
UzAuto Motors yangi Damas va Cobalt modifikatsiyalarini taqdim etadi / Rasm SI

«UzAuto Motors» AJ kompaniyasi yangi Chevrolet Damas va Cobalt modifikatsiyalarini taqdim etadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Xorazm Avto» korxonasida yangi modellarni ishlab chiqarish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish rejalashtirilgan. Yangi quvvatlar asosida kichik biznes va xususiy mijozlar uchun Damas minivenining yangi avlodi ishlab chiqariladi.

Foto: UzAuto Motors

Yangi Damas ixcham, tejamkor va sig‘imdor avtomobil bo‘lib, shahar ichidagi harakatlar hamda tijoriy faoliyat uchun qulaydir. Uning o‘lchamlari kattalashgan, yuk ko‘tarish qobiliyati va sig‘imi oshgan, haydovchi va yo‘lovchilar uchun qulaylik sezilarli yaxshilangan. Model Damas Move (yo‘lovchi) va Damas Max (yuk-yo‘lovchi) versiyalarida taqdim etiladi.

Cobalt
Foto: UzAuto Motors

Yangi model hozirgi Damas bilan bir vaqtda ishlab chiqariladi, bu esa xaridorlarga sinovdan o‘tgan klassik model yoki yangi texnologik versiyani tanlash imkonini beradi.

Bundan tashqari, UzAuto Motors o‘zining eng mashhur modellardan biri — Chevrolet Cobalt’ni keng ko‘lamli modernizatsiya qildi. Endilikda xaridorlarga Cobalt Style MCM va Cobalt Midnight MCM nomli yangi versiyalar taklif etiladi.

Foto: UzAuto Motors

Bu modifikatsiyalar kengaytirilgan opsiyalar, zamonaviy texnologiyalar, yuqori xavfsizlik va oshirilgan komfort darajasi bilan ajralib turadi.

Modellarning texnik xususiyatlari va narxi hali e’lon qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Cobaltning afzalliklari va kamchiliklari haqida yozgan edi.

Shuningdek