O‘zbekiston pavilyoni Osaka EXPO – 2025 ko‘rgazmasida oltin medalga sazovor bo‘ldi

eʼlon qilindi
«Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi» nominatsiyasida
O‘zbekiston pavilyoni Osaka EXPO – 2025 ko‘rgazmasida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram kanalidan

Osaka shahrida tashkil etilgan EXPO butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston pavilyoni «Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi» nominatsiyasida oltin medal bilan taqdirlandi. Bu haqda prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

O‘zbekiston ko‘rgazmada «Bilimlar bog‘i: kelajakdagi jamiyat uchun laboratoriya» konsepsiyasi orqali an’analar va innovatsiyalar uyg‘unligini namoyish etdi.

«Biz taqdim etgan «Bilimlar bog‘i: kelajakdagi jamiyat uchun laboratoriya» konsepsiyasida an’analar va innovatsiyalar uyg‘unligi o‘z aksini topgan. G‘oyamiz jahon hamjamiyatida keng ko‘lamli aks sado berdi. Barchani ruhlantirgan professionallik va ushbu loyihaga bo‘lgan ishonch uchun butun jamoaga, shuningdek, xalqaro hamkorlarimizga samimiy minnatdorlik bildiraman», — deydi Mirziyoyeva.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev mamlakatda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Yaponiya tashqi ishlar vaziri Takesi Ivaya boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgandi. Unda ikki tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi ortib borayotgani, yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilayotgani va Osaka shahrida o‘tgan «EXPO 2025» doirasida O‘zbekiston milliy kunining muvaffaqiyatli o‘tkazilgani qayd etildi.

Shuningdek