Qambarota GES-1 qurilishiga YTTB va Yevropa investitsiya banki mablag‘ ajratadi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasida
«Qambarota GES-1» loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha memorandum imzolandi / Foto: Energetika vazirligi

9 – 10-oktabr kunlari Bryussel shahrida o‘tgan Global Gateway forumi doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Energetika vazirliklari hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Yevropa investitsiya banki o‘rtasida Qambarota GES-1 loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Foto: Energetika vazirligi

Loyiha doirasida 5,4 mlrd kub metr suv sig‘imiga ega ombor va 1860 MVt quvvatli gidroelektr stansiya qurilishi rejalashtirilgan. Bu yiliga 5,6 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi.

Foto: Energetika vazirligi

Forumda mintaqadagi yirik gidroenergetika loyihalari — «Rog‘un» va «Qambarota» GESlarining ahamiyati, ularni moliyalashtirishda xalqaro moliya institutlarining roli hamda Markaziy Osiyoda energetika xavfsizligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Foto: Energetika vazirligi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Serbiya agrosektorni raqamlashtirishda hamkorlik qilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek