Qashqadaryoda aholiga tarqatilmasdan ushlab turilgan gaz ballon «bunkeri» aniqlandi

eʼlon qilindi
Gaz ta’minoti bo‘limi haydovchisi va chilangar ballonni aholiga tarqatmasdan, noqonuniy tarzda boshqa uyga tushirgan
Qashqadaryoda aholiga tarqatilmasdan ushlab turilgan gaz ballon «bunkeri» aniqlandi
Qashqadaryoda aholiga tarqatilmasdan ushlab turilgan gaz ballon «bunkeri» aniqlandi. Ekran tasviri videodan olindi.

Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida suyultirilgan gaz mahsulotini noqonuniy saqlash holati aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Eshonquduq qishlog‘ida yashovchi fuqaro xonadonidan 150 dona gaz balloni (109 tasi to‘la, 41 tasi bo‘sh) topildi.

Video: Energetika vazirligi

Gaz ta’minoti bo‘limi haydovchisi va chilangar ballonni aholiga tarqatmasdan, noqonuniy tarzda ushbu uyga tushirgan. Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.

Avvalroq Rossiya 2025-yilning dastlabki sakkiz oyi davomida Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻizistonga tabiiy gaz yetkazib berish hajmini 15 foizga oshirgani haqida xabar bergandi. Unga koʻra, «Sibir kuchi-2» magistral gaz quvuri Markaziy Osiyo davlatlariga gaz eksportini kengaytirish imkonini beruvchi asosiy loyihalardan biri hisoblanadi.

Shuningdek