Shavkat Mirziyoyev Rustam Ahmedov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

eʼlon qilindi
Rustam Ahmedov 82-yoshida vafot etdi
Manba: Alter Ego

Mamlakatning birinchi mudofaa vaziri, iste’fodagi general-polkovnik Rustam O‘rmonovich Ahmedov 12-oktabr kuni 82 yoshida vafot etgan edi. Shavkat Mirziyoyev marhumning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.

Rustam Ahmedov 1943-yil 10-noyabrda Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida tug‘ilgan. U Toshkent oliy tank qo‘mondonlik bilim yurtida va Moskva shahridagi Zirhli tank qo‘shinlari akademiyasida tahsil olgan.

O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng Rustam Ahmedov mamlakatning birinchi mudofaa vaziri sifatida milliy armiyani shakllantirishda muhim rol o‘ynagan. Uning rahbarligida Qurolli Kuchlar Birlashgan shtabi tashkil etildi, harbiy okruglar tuzildi va mudofaa tizimi tubdan takomillashtirildi. Shuningdek, u boshqa kuch tuzilmalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda ham faol ishtirok etgan.

1997 – 1998-yillarda Rustam Ahmedov Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimida ham samarali faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, «Kursiv» O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri Rustam Axmedov vafot etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek