Hyundai Elexio EO elektromobili uchun oldindan buyurtmalar ochildi

13-oktabr 2025 17:11 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Hyundai Elexio EO elektromobili uchun oldindan buyurtmalar ochildi / Foto: CarNewsChina

Xitoyda Hyundai Elexio EO elektromobili uchun oldindan buyurtmalar ochildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Elexio EO Hyundai’ning E-GMP (Electric Global Modular Platform) platformasida yaratilgan birinchi sof elektromobildir. Model Qualcomm Snapdragon SA8295P chipi bilan jihozlanadi va CLTC bo‘yicha maksimal 722 km masofaga ega.

Foto: CarNewsChina

Avtomobil dizayni «H» harfining Mors kodi (to‘rtta nuqta) ilhomidan olingan bo‘lib, 152 ta LED elementdan iborat kvadrat shaklli faralar va ularni birlashtiruvchi yorug‘lik chizig‘i bilan ajralib turadi. Yon tomondan esa tom chizig‘i B-ustundan keyin pastga egilib boradi, eshik tutqichlari yashirilgan, D-ustun esa orqa tomondagi rangli element bilan uyg‘unlashgan.

Orqa qismda yuqoriga o‘rnatilgan segmentli tormoz chirog‘i va tomga integratsiyalangan orqa kamera mavjud. Model yetti xil rangda taqdim etiladi: binafsha, kumush, marvarid oq, ko‘k, mat oq, qora va kulrang.

Foto: CarNewsChina

Elexio EO ikki turdagi versiyada ishlab chiqariladi — FWD (old g‘ildirakli) va AWD (to‘liq g‘ildirakli). Old g‘ildirakli versiyada 160 kVt (215 ot kuchi) quvvatli elektromotor, AWD versiyada esa qo‘shimcha 73 kVt (98 ot kuchi) orqa elektromotor mavjud.

Foto: CarNewsChina

Xitoyning MIIT ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil 64,2 kVt/soat va 88,1 kVt/soat quvvatli batareyalar bilan jihozlanadi. Bu turli versiyalarda 518 km dan 722 km gacha yurish masofasini ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Huawei Mate 80 va Mate 80 Pro 3C smartfonlarining dizayn tafsilotlari ma’lum bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek