Toshkentdagi maktabda qizni kaltaklagan o‘quvchilarning ota-onasi va maktab rahbariyati jazolandi

eʼlon qilindi
O‘rganish natijalariga ko‘ra, voqea 20-sentabr kuni darsdan so‘ng yuz bergan
Toshkentdagi maktabda janjallashgan o‘quvchilarning ota-onasi va maktab ma’muriyati jazolandi. Ekran tasviri videodan olindi

Toshkent shahridagi 300-umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur holatni o‘z nazoratiga olib, maxsus ishchi guruh orqali o‘rganish o‘tkazdi.

Video: ijtimoiy tarmoq

O‘rganish natijalariga ko‘ra, voqea 20-sentabr kuni darsdan so‘ng yuz bergan. 4-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari bilan og‘zaki tortishuvdan keyin janjal kelib chiqqan. Maktab ma’muriyati bu holat haqida profilaktika inspektori va maktab psixologlariga darhol xabar bergan.

Holat bo‘yicha o‘quvchilarning ota-onalari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan javobgarlikka tortilgan. Bundan tashqari, maktab direktori va mas’ul xodimlarga intizomiy chora qo‘llanildi.

Avvalroq Mirobod tumanida o‘smirlar o‘rtasidagi mojaro jinoyat ishi bilan yakunlangandi. Unga ko‘ra, voqea 11-sentabr kuni kech soat 22:30 larda Mirobod tumanidagi Qo‘yliq mavzesida sodir bo‘lgan. 2005-yilda tug‘ilgan yigit va uning tanishi notanish yigitlar bilan og‘zaki tortishuvga kirishgan. Mojaro davomida ikkala yigit notanish yigitlardan biri — 2008-yilda tug‘ilgan bola bilan janjallashib qolgan. To‘qnashuv chog‘ida voyaga yetmagan bolaga o‘tkir tig‘li jism bilan tan jarohati yetkazgan. Natijada jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilib, hozirda shifokorlar nazoratida davolanmoqda.

Shuningdek